
Jamolov Bejan Xurshidovich
Assistent
Jamolov Bejan Xurshidovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes» kafedrasi assistenti. Mikroiqtisodiyot fanidan dars beradi. Pedagogik faoliyat, ta’lim jarayonini tashkil etish, bank xizmatlari va korxona iqtisodiyoti bo‘yicha ish tajribasiga ega.
2019–2023-yillarda Termiz davlat universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2023–2025-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
2026-yildan 08.00.03 — «Sanoat iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi. Tadqiqot mavzusi: «Sanoat korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish». Ilmiy izlanishlari moliyaviy vositalar, innovatsiyalar, strategik boshqaruv, raqamli transformatsiya va resurslardan samarali foydalanish orqali korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining «Iqtisodiyot va moliya» bo‘limida bosh metodist, «Hamkorbank» ATB Termiz filialida korporativ xizmatlar bo‘limi stajyori hamda «Termiz Prime House» MChJda iqtisodchi sifatida ishlagan.
Microsoft Word, Excel, PowerPoint, Google Drive va Zoom bilan ishlaydi. HTML/CSS hamda frontend dasturlash asoslarini o‘rgangan. One Million Uzbek Coders dasturining Frontend Development Track yo‘nalishida tahsil olgan; King’s College London tomonidan taqdim etilgan «Entrepreneurship: From Business Idea to Action» kursi sertifikatiga ega.
Ilmiy profili: https://www.researchgate.net/profile/Bejan-Jamolov
Professional profili: https://www.linkedin.com/in/jamolov-bejan-85b2a2221/
Ilmiy qiziqishlar
Ta’lim3
- 2019–2023Termiz davlat universiteti — «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» yo‘nalishi, bakalavr.
- 2023–2025Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» yo‘nalishi, magistr.
- 2026 – …Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 08.00.03 «Sanoat iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi. Tadqiqot: «Sanoat korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish».
Ish tajribasi4
- 07.09.2024 – …Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — assistent, hozirgi ish joyi. Darslarni tayyorlash va o‘tkazish, talabalarga maslahat berish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish.
- 05.10.2023 – 07.09.2025O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, «Iqtisodiyot va moliya» bo‘limi — bosh metodist. Ta’lim jarayonini tashkil etish, sifatni ta’minlash va uslubiy ishlar.
- 12.06.2023 – 10.09.2023«Hamkorbank» ATB Termiz filiali, korporativ xizmatlar bo‘limi — stajyor. Bank faoliyati va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rganish.
- 01.07.2022 – 08.08.2023«Termiz Prime House» MChJ — iqtisodchi. Korxona iqtisodiy faoliyati va biznes jarayonlarini takomillashtirish.
Malaka oshirish1
- 03.2022 – 07.2022One Million Uzbek Coders — Frontend Development Track. Frontend dasturlash asoslari bo‘yicha o‘quv dasturi.
